“Pedagog” gazetasi O‘zbekiston Respubli¬kasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekis¬ton Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi 2014–sonli Qarori asosida Matbuot va axborot agentligida 2013 yilning 25 yanvarida № 02-00170 raqam bilan ro‘yxatga olingan.
Gazeta sahifalarida mamlakatimiz va universitet hayotida ro‘y berayotgan yangiliklar; ta’lim muassasasining o‘quv, ta’lim-tarbiya, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, hamkorlik faoliyati, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqidagi maqolalar chop etiladi. Maqolalar mazmunan rang-barang bo‘lib, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarga keng o‘rin ajratilgan hamda professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy, ijodiy ishlaridan namunalar taqdim etiladi va berilayotgan maqolalar mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda illyustratsiyalar, rasmlar joylashtiriladi.
Shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiya, seminarlar va sohaga oid uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, sport tadbirlari haqidagi maqolalar, xabar va lavhalar, ocherklar berib boriladi. -Gazetada Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur singari buyuk ajdodlarimiz tavallud kunlariga bag‘ishlangan maqolalar berib borish bilan birga “Ta’lim”, “Tarbiya”, “Qaror va ijro”, “Universitet hayotidan”, “Yil dasturi – amalda”, “Mulohaza uchun mavzu”, “Talaba ijodidan”, “Jahonga yuz tutib”, “Turfa olam”, “Aks-sado”, “Odobnoma”, “Salomatlik–tuman boylik” singari ko‘plab ruknlar ostida ham rang-barang maqolalar berib boriladi.
“Pedagog” gazetasi bir yilda 10 marotaba o‘zbek va rus tillarida sakkiz sahifadan iborat holda 1 va 8 sahifalari rangli tasvirda 2000 nus’hada chop etilmoqda.
Muassis: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. Ixtisoslashuvi: ma’naviy-ma’rifiy nashr. “Pedagog” gazetasi joylashgan manzil: 100100, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy.