Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Rektor

Har bir muassasaning o‘z bunyodkor jamoasi, betakror qiyofasi, xarakteri, anʼanalari bor. Har bir taʼlim muassasasi o‘ziga xos ajoyib bir dunyo!




Qirg'izboyev Abdug'affor Karimjonovich, universitet rektori


Bizning taʼlim dargohimiz oddiy institutdan tayanch universitet darajasigacha bo‘lgan qariyb 85 yillik sharafli yo‘lni bosib o‘tdi.

Universitetni ikkinchi uyimiz, deb atashga ko‘nikib qolganmiz, biroq ko‘pchiligimiz uchun u allaqachon birinchi uyimizga aylangan.

Ko‘plab pedagoglarimiz – shu dargohning bitiruvchilari. Sobiq talabalarimiz xuddi o‘zlari kabi kelajakda faxrli, ishonchli va muqaddas kasb egasi bo‘lishlarini istab, universitetga o‘z uka-singillari, farzandlari, yaqinlarini olib kelishadi.

Bizning saytimiz orqali universitet hayotining barcha jabhalari bilan batafsil tanishib borishingiz, xursandchilik va yutuqlarimizga sherik bo‘lishingiz, talabalar, jamoamiz hayotini to‘liq his qilib, pedagoglarimizning ilg‘or g‘oyalardan boxabar bo‘lishingiz mumkin.

Universitetimiz, saytimiz to‘g‘risidagi fikrlaringiz biz uchun juda qadrli. Siz qanday masofada bo‘lmang, internet tarmog‘i tezkor muloqot qilish va fikr almashish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.

Bu imkoniyatlar bizning birgalikda olg‘a borishimiz, yuksalishimiz uchun xizmat qiladi, deb ishonch bildiramiz.

 

25 avgust 2018 yil, 1,260
Matbuot x.

O`xshash maqolalar







Bizning loyihalar



            
©2024 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (6)