Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Kasaba uyushmasi

Universitet kasaba uyushmasi tashkiloti ta’lim muassasasi tashkil topgan kundan buyon, saflarida eng ko‘p a’zolarni birlashtirgan jamoat tashkilotlaridan biri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘tgan 80 yillik davr mobaynida mazkur dargohda samarali mehnat qilib kelayotgan professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlashda ularni ijtimoiy ximoya qilish, ularga munosib shart-sharoitlar yaratish, salomatliklarini mustahkamlash, sport va turizmni rivojlantirish borasida o‘ziga yarasha tajribani to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. 




Universitet kasaba uyushmasi tashkiloti ta’lim muassasasi tashkil topgan kundan buyon, saflarida eng ko‘p a’zolarni birlashtirgan jamoat tashkilotlaridan biri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘tgan 80 yillik davr mobaynida mazkur dargohda samarali mehnat qilib kelayotgan professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlashda ularni ijtimoiy ximoya qilish, ularga munosib shart-sharoitlar yaratish, salomatliklarini mustahkamlash, sport va turizmni rivojlantirish borasida o‘ziga yarasha tajribani to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Universitet kasaba uyushmasi faoliyati tarixiga nazar tashlasak, turli yillarda professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talabalar, tadqiqotchilar, aspirantlar tarkibini o‘zida mujassam etgan bu tashkilot jo‘shqin va sermazmun yo‘lni bosib o‘tganligiga guvoh bo‘lamiz. Bu yillarda professor-o‘kituvchilar va ishchi-xodimlar kasaba uyushmasi qo‘mitasiga D.K.Usmonov, R.X.Xudoyberganov, J.I.Qosimbekov, V.V.Spijevskiy, A.D.Rafikov, M.M.Mirpo‘latov, U.Sh.Gadoyboev, ko‘p ming sonli talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasiga E.X.Xoliqov, N.Sh.Sherboev, Z.D.Davronov, A.I.Ibragimov, K.U.Ergashev, S.R.To‘raevlar raislik qilishgan. Kasaba uyushmasi ish faoliyatidan lavha (2015 yil, avgust) O‘tgan davr mobaynida universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan olib borilgan eng diqqatga sazovor ishlar silsilasini uzoq davom ettirish mumkin. Aytish lozim bo‘lsa, 1980 yilda institut kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusi bilan Toshkent viloyatining eng bahavo joylaridan sanalgan Qibray tumani hududidagi Chirchiq daryosi sohilidan institut faollaridan 20 kishiga dala hovli uchun joy ajratildi. Dala hovlilarni bunyod etishda institut rahbariyati ham imkon darajasida moddiy-ma’naviy jihatdan ko‘mak ko‘rsatdi. Universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi mehnat qilib kelayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarning yashash sharoitlarini yaxshilar borasida har doim o‘z g‘amxo‘rligini ko‘rsatib kelgan. Bu yo‘nalishdagi eng olijanob ishlardan biri 1989-1990 yillarda amalga oshirildi. Bu yillarda institut hududida jamoa a’zolariga mo‘ljallab 48 xonadondan iborat uy-joy qurilishi to‘liq yakuniga yetkazildi. Uy-joyga o‘ta ehtiyojmand bo‘lganlarga ushbu qurilgan uydan kvartira ajratishda kasaba uyushmasi qo‘mitasi faol ish olib borib, jamoa a’zolarining e’tiborini qozondi. 1989 yil sentabr oyida kasaba uyushmasi a’zolaridan tushadigan badallar hisobidan talaba-yoshlarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadi ko‘zlab, institut jamoa a’zolarining taklifi asosida kasaba uyushmasi hisobot-saylov anjumanida universitet xodimlari va talaba yoshlarining birlashgan kasaba uyushmasini tuzish haqida qaror qabul qilindi. Shu tariqa institutda ham xodimlar, ham talaba-yoshlar faoliyatini o‘zida uyg‘unlashtirgan birlashgan kasaba uyushmasi tashkiloti tashkil topdi. Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasiga dotsent A.Rasulmuhammedov (1989-1992 yillarda), dotsent Samad To‘raev (1992-1994 yillarda), Rahimjon Shonazarov (1994-2004 yillarda), professor Mamasoli Madirimov (2004-2009 yillarda) raislik qilgan bo‘lsalar, Otabek Muxtorov, Qahramon Qurbonov, Saidjon Ahmadaliev, Bobomurod Nurillaev, Istam Rahmonovlar turli davlarda talabalar masalalari bo‘yicha muovin sifatida faoliyat ko‘rsatishgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu yillarda Birlashgan kasaba uyushmasi 1066 nafar professor-o‘qituvchi, 1070 nafar xo‘jalik xodimi va xizmatchisi, 140 nafar aspirant va doktorant, 5263 nafar kunduzgi bo‘lim talabalarini, jami 7539 nafar a’zoni o‘z safiga birlashtirib faoliyat olib borgan. 2008 yil dekabr oyidan e’tiboran universitet birlashgan kasaba uyushmasi umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan xodimlar va talabalar kasaba uyushmalari faoliyatining alohida-alohida yuritilishi haqida qaror qabul qilindi. Keyingi yillarda universitet xodimlari kasaba uyushmasi qo‘mitasiga dotsent Saidjon Ahmadaliev (2009-2010 yillar), dotsent Salimjon Boltaboev (2010-2015 yillar) raislik qildilar. Hozirgi davrda filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev xodimlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, Furqat Mirkamolov esa talaba-yoshlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat olib bordi. 2017-2018 yillarda kasaba uyushmasiga Abdullayev Anvar  ham faoliyat olib bordi. 2018-yil noyabr oyidan hozirgi vaqtgacha Fayzullayev  Said-Nosir Said-Burxonovich faoliyat olib bormoqdalalar. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi yillarida universitet kasaba uyushmalari faoliyatida keskin ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu yillarda universitet kasaba uyushmasining faoliyati yaxshi tajribalar, an’analar bilan yanada boyidi. Ayniqsa, Mustaqil yillarida qabul qilingan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunlarning qabul qilinishi bu unalishdagi ishlarnitartibga solishda va to‘g‘ri olib borishdagi ahamiyati benihoya katta bo‘ldi. Albatta, universitetda har ikki kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘z faoliyatlarini ana shu Qonunlar, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va tarmoq kasaba uyushmalari Ustavlari va Nizomlariga muvofiq olib bormoqda. Kasaba uyushmasi ko‘mitasining jamoa a’zolari orasida o‘tkaziladigan tadbirlar ommaviyligiga, tasirchanligiga, qabul qilingan qarorlarining boshlang‘ich tashkilotlarda to‘liq va sifatli bajarilishiga etibor kuchaytirildi. Ayniqsa, kasaba uyushmaning o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni ulug‘lash, mehnat faxriylarini e’zozlash kabi sohalarda olib borayotgan faoliyatida katta ijobiy siljishlar ro‘y berdi. Universitet qoshida 1962 yildan buyon Toshkent viloyatining Bustonliq tumanidagi Ugam daryosi sohilida mo‘jazgina “Xumson” o‘quv-dala amaliyoti bazasida yozgi ta’til vaqtida sog‘lomlashtirish oromgohi faoliyat ko‘rsatib keladi. Ushbu sog‘lomlashtirish maskanida ta’lim muassasasi ma’muriyatining g‘amxo‘rligi, kasaba uyushmasi qo‘mitasining yo‘llanmasi bilan har yili 200dan ortiq professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ularning oila a’zolari, ko‘plab talaba-yoshlar yozgi ta’til davrida imtiyozli yo‘llanma asosida xordiq chiqarib, salomatliklarini mustahkamlashga erishadilar. Mustaqillik yillarida universitet kasaba uyushma qo‘mitasi milliy qadriyatlarni ezozlash va o‘zlikni anglashga yo‘naltirilgan qator ommaviy manaviy-marifiy tadbirlar o‘tkazish tashabbuskori bo‘ldi. “Marhabo talantlar”, “Hayot ona allasidan boshlanadi”, “Ertaklar - yaxshilikka yetaklar”, “Farzandlar kamoli - yurtimiz jamoli”, “Qaynonam - jonim onam” mavzularida talaba yoshlar orasida o‘tkazilgan ko‘rik tanlovlari shular jumlasidandir. Amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijasi sifatida mehnat jamoamiz vakillari Respublika oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston - vatanim manim” ko‘rik tanlovida keyingi uch yil davomida faxrli birinchi o‘rinni egallab keldi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi madaniy ishlar komissiyasining say-harakatlari tufayli muntazam ravishda poytaxtimizning asori-atiqallariga, muzeylari, teatr va kinoteatrlariga har oyda ommaviy bo‘lib borish hamda tadbir yakunlari bo‘yicha taassurotlar, munosabatlarning muhokamasi yo‘lga qo‘yilgan. Universitetimizda Mustaqillik kuni, Ustoz va murabiylar kuni, Konstitutsiya kuni, Vatan Mudofaachilari kuni, 8 mart, “Navro‘z” bayrami, Xotira va qadrlash kunlarini o‘tkazishda universitet kasaba uyushmasi faol qatnashib kelmoqda. Fakultetlarda, talabalar turar joylarida kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan taniqli shoirlar, adiblar, olimlar, sportchilar, sanatkorlar hamda xuquqni himoya qiluvchi xodimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish ananaga aylangan. Har yili kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan qishki va yozgi ta’til mavsumida ta’lim–tarbiya jarayonida yuqori natijalarga erishgan jamoa a’zolaridan ko‘hna zamin osoru atiqalarini o‘zida mujassamlashtirgan tarixiy joylarga turistik sayohatlar uyushtiriladi. Amalga oshirilgan ishlar tufayli jamoada mehnat intizomi mustahkamlanib, kadrlar tayyorlashda ta’lim-tarbiya samaradorligining oshishi jarayoni sodir bo‘lmoqda. Universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi jamoa azolariga zarur shart-sharoitlar yaratish, talabalar turar joylaridagi shart-sharoitlarni yaxshilash, universitet hududida jamoa azolariga xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish tarmoqlari, maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari faoliyatini talablar darajasida bo‘lishini ta’minlashga katta e’tibor berib keladi. Ayni shu kunlarda talaba yoshlarni talabalar turar joylariga to‘liq joylashtirish, turar joylardagi ashyolardan asrab-avaylab foydalanish, mavjud sport maydonchalari faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xech kimga sir emas-ki, mustaqillik yillarida yurtboshimizning tashabbuslari bilan soglom turmush tarzini shakllantirish va sportni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor masalasiga aylandi. Universitetda bugungi kunda ko‘plab sport to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib, ularga jamoa a’zolarining katta qismi jalb etilgan. To‘garaklar faoliyatiga etibor, ishtirokchilarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish kasaba uyushmasi qo‘mitasining muntazam diqqat-e’tiboridadir. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi to‘garak ishtirokchilari va ularning rahbarlari faoliyatini muntazam moddiy hamda ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, sog‘lom muhitni tashkil yetishga intilish keyingi yillarda mehnat jamoamiz sport sohasidagi musobaqalarda yetakchi o‘rinlarni egallashga, ko‘plab sportchilarning olib keldi. Respublikamizda 2015 yilning “Keksalarni e’zozlash yili” deb nomlanishi bejiz emas. Chunki xalqimizda har keksani hurmat qilish, ularga e’tibor ko‘rsatish azaliy qadriyatimizdir. Shu jihatdan universitetimizda ham ushbu qadriyatlarimizga amal qilib kelinmoqda. Xususan, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan g 2015 yilning 7 may kuni universitet rahbariyati hamda kasaba uyushmasining tashabbusi bilan bir guruh professor-o‘qituvchilar ishtirokida Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari bo‘ylab maxsus avtobusda sayohat uyushtirildi. Jamoa uchun katta bayram dasturxoni yozildi.


Universitet kasaba uyushma tashkiloti talim muassasasi tashkil topgan kundan buyon, ¬saflarida eng ko‘p a’zolarni birlashtirgan jamoat tashkilotlaridan biri sifatida ¬faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ta’lim tizimiga zamon talabi darajasidagi yuqori malakali pedagog kadrlari tayyorlashda talim maskani kasaba uyushma tashkiloti jamoa azolarini ijtimoiy himoya qilish, samarali talim-tarbiya olishlariga munosib shart-sharoitlar yaratish, salomatliklarini mustahkamlash, sport va turizmni rivojlantirshni taminlashda ulkan tajriba to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra Birlashgan kasaba uyushmasida 7539 nafar kasaba uyushma azolari bo‘lib, ulardan 1066 nafari proffesor o‘qituvchilar, 1070 nafar xo‘jalik xodimlari va xizmatchilar, 140 aspirantlar va doktorontlar, 4263 talabalar hisobda turishgan. O‘tgan yillar davomida universitet (institut)ga tegishli agrouchastkadan jamoa a’zolariga kasaba uyushma qo‘mitasining bevosita rahbarligida meva va sabzovot, poliz mahsulotlari arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda hamda ko‘p farzandli, kam taminlangan oilalarga bepul tarqatilgan. Talim muassasasi ma’muriyati va kasaba uyushma tashkiloti tashabbusi bilan jamoa azolarining salomatliklarini tiklash hamda mustahkamlash maqsadida jamoa azolarini talim-tarbiya jarayonidan ajralmagan holda davolanishlari uchun ( 1984-2002 yillarda) universitetda sanatoriy-profilaktoriy faoliyat ko‘rsatdi. Ushbu yillar davomida jamoa azolaridan 20 000 ga yaqin kasaba uyushma azolari -ijtimoiy-sug‘urta hisobidan imtiyozli davolanib salomatliklarini tiklash va ¬mustaxkamlashga muvaffaq bo‘ldi. Toshkent viloyati Bustonliq tumanidagi Ugam daryosi sohilida 1962 yildan buyon universitetning mo‘jazgina Xumson o‘quv-dala amaliyoti bazasi va yozgi ta’til vaqtida sog‘lomlashtirish oromgohi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu sog‘lomlashtirish maskanida ta’lim muassasasi mamuriyatining g‘amxo‘rligi, kasaba uyushma qo‘mitasining homiyligida har yili 200dan ortiq professor o‘qituvchilar va xodimlar, 1000ga yaqin talaba-yoshlar yozgi tatil davrida imtiyozli yo‘llanma asosida hordiq chiqarishadi. Har yili jamoa azolari qishki va yozgi ta’til davrida asoru-atiqalarimiz saqlangan muqaddas go‘shalarga turistik sayohatlarga chiqishadi. Talim-tarbiya, ilmiy tadqiqot ishlarida yuqori natijalarga erishgan ¬professor-o‘qituvchilar va a’lochi-jamoatchi talabalardan 500dan ortig‘i qadimiy shaharlarimiz bo‘lmish Samarqand, Buxoro, Xiva, Urganch, Termiz, Shahrisabz kabi shaharlarda bo‘lishadi. Mustaqillik yillarida universitet kasaba uyushma qo‘mitasi milliy qadriyatlarni e’zozlash va o‘zlikni anglashga yo‘naltirilgan qator ommaviy ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish tashabbuskori bo‘ldi. “Marhabo talantlar”, “Hayot – ona allasidan boshlanadi”, “Ertaklar – yaxshilikka yetaklar”, “Farzandlar kamoli-yurtimiz jamoli”, “Qaynonam-jonim onam” mavzularida talaba yoshlar orasida o‘tkazilgan ko‘rik tanlovlar shular jumlasidandir. Kasaba uyushmasi faoliyatida keyingi yillarda jamoa azolarini ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish, samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur shart- sharoitlarini yaratish masalalarini o‘zida qamrab olgan jamoat shartnomasi va uning bajarilishini taminlashda boy tajriba to‘plandi. Bu sohada amalga oshirilgan ishlar yuqori malakali, raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlash bilan birgalikda jamoada ishchan, sog‘lom-ma’naviy muhitini mustahkamlanib borishiga xizmat qilmoqda.

9 yanvar 2017 yil, 27,385
Matbuot x.

"O‘zbekiston bo‘ylab sayyohat qil"

16-17 mart kunlari universitetning 40 nafar professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlarining Samarqand shahriga ziyoratlari uyushtirildi
22 mart 2018 yil

Yangi yilingiz bilan!

Universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi professor-o‘qituvchi va xodimlarni kirib kelayotgan 2018-yil “Yangi yil” bayrami bilan tabriklaydi
29 dekabr 2017 yil

Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz, farovonligimiz kafolati

2017 yil 06 dekayabr kuni O‘zbek Milliy akademik drama teatrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 25 yilligiga “Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz, farovonligimiz kafolati” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
7 dekabr 2017 yil

Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin

Yurtimizda 2017 yilning 1-sentyabr kuni Qurbon Hayiti bayrami deb e’lon qilinishi munosabati bilan va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostidagi tadbirlar doirasida universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi
21 sentabr 2017 yil

«Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

Joriy yilning 31 iyul Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent shahri bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarini taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.
9 avgust 2017 yil

9-may munosabati bilan chiptalar bepul taqdim etildi

7 may kuni sirk tomoshalariga 110 dona chiptalar bepul taqdim etildi.
12 may 2017 yil

Xotira bor ekan,tirikdir millat

Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
5 may 2017 yil

9-May Xotira va qadrlash kuni

Serzarda zamonlar o‘tdilar qator...
18 aprel 2017 yil

Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 681 yil

«Kitob (bitig) barcha bun¬yodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni yaratuvchi murabbiydir».
Sohibqiron Amir Temur
10 aprel 2017 yil

с 8 Мартa!!!

Поздравления с 8 Марта от профсоюзного комитета ТГПУ.
28 fevral 2017 yil

Zulfiya tavalludining 102 yilligi.

Zulfiyaxonim o'zbek xalqining atoqli shoirasi, u bizning qalbimizda abadiy yashaydi!!!
28 fevral 2017 yil

«55 asosiy qoidalar»

Muallif: Ron Klark
Ingliz tilidan Xushnud Xudayberdiyev tarjimasi.

27 fevral 2017 yil

Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlar.

2017 yil 9 fevralida “So‘z mulkining sultoni” Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yillik xotira kechasiga bag‘ishlangan tadbir 10 talabalar turar joyida bo‘lib o‘tdi.
13 fevral 2017 yil

Я не поэт ….Увы….

Как бесконечны эти ночи когда не вижу Ваши очи…..
8 fevral 2017 yil

Professor Qobil Sodiqov iste’dodli pedagog, biolog olim.

Professor Qobil Sodiqov iste’dodli pedagog, biolog olim. U 50 yil universitetda talabalarga biologiyaning sir-asrorlaridan ilm bergan ustoz.
8 fevral 2017 yil

В мире установлено множество удивительных и необычных памятников книге и чтению.

Так уж издревле повелось, что люди, воздавая хвалу чему-то либо кому-то прекрасному, возводили монументы и памятники. И естественно, что книга, являясь на протяжении многих веков источником знаний и мудрости, не стала исключением.
7 fevral 2017 yil

Всемирный день борьбы с раковыми заболеваниями

Цель этого Дня — привлечь внимание общественности к этой глобальной проблеме, напомнить о том, насколько опасны и распространены сейчас онкологические заболевания.
4 fevral 2017 yil

Чтение повышает интеллект.

Именно благодаря перелистыванию страниц мы лучше понимаем содержимое читаемой книги. Рапорт «Wired» подтверждает, что прикосновение наших рук к страницам книги «вводит» ее смысловую ситуацию (контекст) в наш мозг, позволяя тем самым лучше понять то, что мы читаем.
4 fevral 2017 yil

2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»

2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» munosabati bilan universitetning anjumanlar zalida ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etildi.
1 fevral 2017 yil

Insonlarga naf keltirish-oliy baxt!!!

Chet tillar fakulteti talabasi Abdiyev Nuraliga Brayl daftarlari taqdim etildi.
31 yanvar 2017 yil

26 yanvar 2017 yil

« Милее книги в мире друга нет»

Организаторы акции с удовольствием сообщают о том, что активными участниками акции на период 21 января являются:
1. Юзликаева Эльзара Решатовна – декан факультета естественных наук
2. Ишкувватов Валижон - декан исторического факультета
3. Мансуров Уктамжон – зам.декана исторического факультета.
21 yanvar 2017 yil

Kitob –eng yaxshi sovg‘a

Hurmatli hamkasabalar aksiya boshlandi, siz ham unda faol ishtirok eting!
20 yanvar 2017 yil

Shaxmat –shashka musobaqasi.

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarning sportda o‘z kuch va iqtidorini namoyon etish uchun keng sharoitlar yaratilmoqda.
10 yanvar 2017 yil

Universitet Xodimlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar

“1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayram tadbirini hamda universitetning 80 yillik yubileyi munosabati bilan universitet hovlisida 500 kishilik osh dasturxoni yozildi. Bu tadbirga kasaba uyushmasi qo‘mitasi hisobidan 5.000.000 so‘m sarflandi. 2015 yil “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan universitet mehnat muxofazasi bo‘yicha 1-toifali muxanddisi R.Shonazarovga «Turon» sihatgohiga, shuningdek kasaba uyushmasi byujetidan “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi O.Terexovaning otasiga “Xumson” sihatgohiga 45% lik chegirma bilan yo‘llanmalar ajratildi.
16 noyabr 2017 yil

Boshlang`ich kasaba uyushmasi tashkiloti to`g`risida Nizom

O`zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi boshlang`ich kasaba uyushmasi tashkiloti (keyingi o`rinlarda «boshlang`ich tashkilot» deb yuritiladi) kasaba uyushmasi a`zosi bo`lgan, korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat olib borayotgan xodimlar hamda oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida tahsil olayotgan o`quvchi-talabalar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladigan o`zini o`zi boshqaruvchi nodavlat notijorat jamoat tashkiloti hisoblanadi.
31 oktyabr 2017 yil

O’zbekiston respublikasining kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risidagi qonuni

Kasaba uyushmasi ko’ngilli jamoat tashkiloti bo’lib, ham ishlab chiqarish, ham noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga qarab, o’z a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan boq’langan mehnatkashlarni birlashtiradi.
26 sentabr 2017 yil

O`xshash maqolalar




Talabalar kasaba uyushmasi 31 oktyabr 2017 yil









Bizning loyihalar



            
©2024 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (6)