Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Xalqaro aloqalar bo`limi

Universitetning xorijiy mamlakatlar oliy о‘quv yurtlari va yurtimizda faoliyat kо‘rsatayotgan xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari, elchixonalar bilan hamkorlik aloqalari yil sayin rivojlanib bormoqda. Ta’lim tizimini jahon andozalari darajasiga kо‘tarish kunning dolzarb vazifasiga aylangani sababli bu sohani kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So'nggi yillarda Germaniya, Latviya, Ispaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Misr, Rossiya, Qozog'iston va Turkmaniston kabi etakchi Evropa va Osiyo universitetlari bilan hamkorlik o'rnatilgan. 




Universitetning xorijiy mamlakatlar oliy о‘quv yurtlari va yurtimizda faoliyat kо‘rsatayotgan xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari, elchixonalar bilan hamkorlik aloqalari yil sayin rivojlanib bormoqda. Ta’lim tizimini jahon andozalari darajasiga kо‘tarish kunning dolzarb vazifasiga aylangani sababli bu sohani kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So'nggi yillarda Germaniya, Latviya, Ispaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Misr, Rossiya, Qozog'iston va Turkmaniston kabi etakchi Evropa va Osiyo universitetlari bilan hamkorlik o'rnatilgan. XAB faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat: • Horijiy mamlakatlar o’quv yurtlari, ilm-fan markazlari, halqaro tashkilotlari bilan hamkorlik; • Horijiy fuqarolarni o’qishga qabul qilish; • Xalqaro anjumanlar ( uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar, yubiley sanalari) o’tkazish; • Xalqaro dasturlarda ishirok etish (loyihalar, grantlar, stipendiyalar); • Nizomiy nomidagi TDPU vakillarini turli yo’nalish bo’yicha xorijga malaka oshirish, umumiy ta’lim tizimi, ustuvor yo’nalishlar bo’yicha zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan tanishish maqsadida safarlarga yuborish; • Chet ellik o’qituvchilar, mutaxassislarni ma’ruza o’qish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun taklif etish. TDPUning xorijiy hamkorlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Koreyaning yigirmadan ortiq universitetlari, Germaniyaning Albert Lyudvig nomidagi Frayburg universiteti, Frayburg pedagogika universiteti, Misrning Xelvan va Banha universitetlari, Rossiya Federatsiyasining Pushkin nomidagi Leningrad davlat pedagogika universiteti, Moskva energetika universiteti, Omsk davlat pedagogika universiteti, Ural davlat pedagogika universiteti hamda Qozog‘istonning Taraz davlat pedagigika universiteti, Ispaniyaning Malaga universiteti Ozarbayjonning Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti, Gyanji davlat universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining Shaansi pedagogika universiteti, Sharqiy Xitoy universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Mazkur shartnomalar doirasida ilmiy ishlar, o’qituvchilarning stajirovkasi, stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlashda rahbarlik ishlari, hamkorlikda qo’shma loyihalar va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda, xalqaro anjumanlar, seminarlar o’tkazilmoqda. Koreya Respublikasining «Shinan foundation» jamg‘armasi, KOICA tashkiloti, Koreya Respublikasi Ta’lim markazi hamda Toshkentdagi Koreys madaniy markazlari assotsiatsiyasi bilan yaxshi aloqa о‘rnatgan. Universitet KOIKA tashkilotining umumiy miqdori 1,5 mln. AQSH doll.ni tashkil etuvchi grant loyihasi tanlovi g‘olibi bо‘ldi. Ushbu grant asosida 2013 yilning oktyabr oyida koreyaliklar universitet uchun zamonaviy elektron kutubxona yaratib berdilar. Xalqaro aloqalar rivojining yana bir yorqin misoli sifatida TDPU qoshida 2009 yildan e’tiboran faoliyat yurgizayotgan “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyatini ko‘rsatish mumkin. Jamiyat keyingi vaqtda Ozarbayjon elchixonasi va Toshkentdagi Haydar Aliev nomidagi Madaniyat markazi bilan birgalikda ikki tomonlama aloqalarning mustahkamlanishi borasida qator ishlarni amalga oshirdilar. Shuningdek, oliy ta’lim muassasasiga ta’lim sohasida tajriba almashish maqsadida turli xorijiy delegatsiyalar, chet el oliy o‘quv yurtlari profesor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilar muntazam tashrif buyurib turadilar. Akademik almashuv asosida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ham muntazam ravishda chet el universitetlariga o‘qish, malaka oshirish va turli anjumanlarda ishtirok etish uchun yuborilmoqda e-mail: xalqaro@tdpu.uz interdeptspu@mail.ru Tel.: +998 71 276 82 25 fax: +998 71 276 76 51

6 dekabr 2018 yil, 37,263
Matbuot x.

Qarorlar va farmonlar

22 oktyabr 2019 yil

Xorijiy oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik

XORIJIY OLIY O'QUV YURTLARI BILAN HAMKORLIK Toshkent davlat pedagogika universitetining 70 dan ortiq Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik va kelishuv shartnomalari mavjud.

26 iyun 2018 yil

Bo’lim tuzilmasi

26 iyun 2018 yil

Yangiliklar

26 dekabr 2017 yil

O`xshash maqolalar


Bizning loyihalar



            
©2024 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (6)